SOHANING MUHIM KO’RSATGICHLARI

09.08.2021

"Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarini (QTE) joriy etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Jumladan, Tojikiston va Qirg‘iziston jaxonning gidroyenergetika iqtisodiy samarali salohiyatining 5,5% ega. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston hududida yiliga o‘rtacha 3000-3600 soat quyosh radiatsiyasi jamlangan bo‘lib, Sharqiy Qozog‘iston fakatkina Jungor darvozasida shamol potensiali yiliga 1,3 trln. kVt soatni tashkil etadi.
Bu salohiyatga qaramay, yirik gidroenergetika (o‘rnatilgan quvvati 40 MVt yoki undan ortiq bo‘lgan GESlar) bundan mustasno, Markaziy Osiyo mamlakatlarida QTE ulushi 1% dan 3% gacha xalos.
Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiyani Markaziy Osiyo mintaqasida keng tarqalilishiga 2016 y. dunyoda sodir etgan muxim burilish kulay sharoyit yaratadi. Xususan o‘sha yilda qayta tiklanadigan energiya elektr ishlab chikarish qiymati - yoqilg‘i energiya ishlab chiqarish qiymatiga teng bo‘ldi.
Shu bilan birga, quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish xarajatlari esa, Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘yicha o‘rtacha 83% ga kamaygan.
Bunday sharoitda BMT Iqtisodiy komissiyasi hisoboti, diqqatga sazovordir. Unda keltirilishicha Janubiy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyoning 17 mamlakati qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha dunyodagi investitsiyalarning atigi 0,2% – 0,4 mlrd dollarini tashkil etadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni ishonch bilan qayd etish mumkinki, Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari umumiy energiya makonini shakllantirish va 2003 y.da tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi elektr energiyasi Kengashi faoliyatini qayta jonlantirish va qo‘shimcha vakolatlarni berish borasidagi tashabbusi dolzarb bo‘lib mintaka davlatlari munosabaatlari va o‘zaro bog‘liqligini va qayta tiklanadigan energiyani joriy etishga, yoqilg‘i va gidroenergetika resurslaridan kompleks, oqilona foydalanishga yordam beradi, o‘rta va uzoq muddatli o‘zaro manfaatli dasturlarni amalga oshirishga xizmat kiladi.